1-may kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Bektemir tumani — “Iky ota” hamda “Gulbog‘” MFYlarning ayrim hududlarida soat 10:00dan 14:00gacha;
  • Uchtepa tumani — 18-sonli Avtosaroy, shuningdek, “Nayman”, “O‘rikzor”, “Sakkokiy”, “Ko‘rkamobod”, “Sharof”, “Taqachi” hamda “Beshqayrag‘och” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha;

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

1-maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar oshirilib, ijtimoiy norma belgilanadi. Elektr uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soatgacha) 450 so‘mni tashkil etadi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 1-maygacha hisob raqam to‘ldirilib qo‘yilsa, ikki oy davomida eski tarif amal qiladi. Bu esa faqat ijtimoiy norma doirasidagi iste’mol hajmiga qo‘llanilib, agar belgilangan hajmlar oshib ketsa, ikki baravar tarif qo‘llaniladi.

Kelgusi yilning aprel oyida jismoniy shaxslar uchun elektr va gaz tariflarini yana oshirish rejalashtirilmoqda. Bazaviy tarif kilovatt/soat uchun 600 so‘m bo‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatorini ishga tushirdi. Kalkulyatordan havola orqali foydalanish mumkin.